09:23 / 07.02.2020
2 840

Putin bilan muloqot qiluvchilarning tana harorati o‘lchanishi boshlandi

Putin bilan muloqot qiluvchilarning tana harorati o‘lchanishi boshlandi
6 fevralda Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirokidagi tadbirlar ishtirokchilarining tekshiruvdan o‘tkazilishi qoidalari qat’iylashtirildi. Ta’kidlanishicha, bu koronavirus tarqalishi bilan bog‘langan.

Bu haqda Facebook’da “Dojd” telekanali jurnalisti Anton Jelnov ma’lum qildi, deb xabar berdi Mezon nashri.
“Va epidemiya haqida. Kremlda endi yangi nazorat tartibi paydo bo‘ldi – qo‘lida teplovizor bo‘lgan odam haroratingizni o‘lchaydi”, deb yozgan jurnalist.

Tekshiruv jarayoniga o‘zgartirish kiritilganini “Vedomosti” nashri muxbiri, davlat kengashi prezidiumi va fan bo‘yicha prezident kengashining 6 fevraldagi yig‘ilishida ishtirok etuvchi Svetlana Bocharova tasdiqlagan.

Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kremldagi qo‘shimcha choralar yangi koronavirus bilan bog‘langani va ommaviy tadbirlarning barcha ishtirokchilari uning alomatlariga tekshirilishini tasdiqlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin bilan muloqot qiluvchilarning tana harorati o‘lchanishi boshlandi