Foto: The National
BAAning Abu-Dabi shahri bog‘larida antiqa ekologik tashabbus amalga oshirilmoqda. Uning doirasida to‘tiqush va qarg‘alar bog‘larni mayda chiqindilardan tozalashga o‘rgatildi. Bog‘larni ozoda tutishga to‘tiqush va qarg‘alardan iborat “farroshlar” guruhi kirishdi.
Qushlar Barari Natural Resources tashkiloti tomonidan mayda chiqindilarni terishga o‘rgatilgan. Ushbu tashkilot BAA poytaxtidagi 400 ta ko‘kalamzor hududga javobgar va “Tabiat bizni o‘rgatadi” tashabbusini amalga oshirmoqda.
Qushlar shahar bog‘lariga chiqarilib, chiqindilarni to‘g‘ri utillashtirish muhimligini yon-atrofdagi odamlarga namoyish qilishadi. Tashkilot xodimlarining ta’kidlashicha, qushlarda sezgi organlaridan ko‘rish eng yaxshi rivojlangan bo‘lib, ular bu qobiliyatlari evaziga kichik o‘lchamli plastik chiqindilar va sigaret qoldiqlarini payqay oladilar.
Hozirda qushlar plastik, qog‘oz bo‘laklari va sigaret qoldiqlarini aniqlashga o‘rgatildi. Qushlar keyingi bosqichda chiqindilarni turli konteynerlarga saralashga o‘rgatiladi. Dasturda hammasi bo‘lib 25 ta qush ishtirok etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi