23:30 / 07.02.2020
3 012

Putin Lukashenkoga nonushtaga suvda tayyorlangan bo‘tqa taklif qildi

Putin Lukashenkoga nonushtaga suvda tayyorlangan bo‘tqa taklif qildi
Rossiya Federatsiyasi va Belarus prezidentlari yana integratsiya bo‘yicha muzokaralar olib borishmoqda. Ular Sochida norasmiy nonushta formatida uchrashishdi.

Yaqinda esa Minskga AQSH Davlat kotibi Pompeo tashrif buyurgandi.
BelTA xabariga ko‘ra, davlat rahbarlariga ovqat va ichimliklar berildi.

"Ertalab nonushtaga bo‘tqa yedingizmi?" - deb so‘radi Putin Belarus prezidentidan.
"Suvda tayyorlangan bo‘tqanimi?" - dedi hazillashib Lukashenko.

"Nima uchun? Juda mazali. Buni yeb ko‘ring, sizga yoqadi”, - deb Putin hamkasbini ishontirishga urindi.
Bundan tashqari, Lukashenko hazil bilan Sochida joylashgan qarorgohida deyarli qor qolmaganidan shikoyat qildi.
Lukashenko ushbu uchrashuvni "haqiqat lahzasi" deb atadi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya 2020 yil 1 yanvardan boshlab narx bo‘yicha kelishuvga erishilmaganligi sababli Belarusga neft yetkazib berishni to‘xtatdi. Natijada Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko hukumatga Qozog‘iston bilan neft ta’minoti borasida muzokaralar olib borishni buyurgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Lukashenkoga nonushtaga suvda tayyorlangan bo‘tqa taklif qildi