Foto: AP
AQSH Xitoy va koronavirus qayd etilgan boshqa mamlakatlarga kasallikka qarshi kurashish uchun 100 million dollar yo‘naltiradi. Bu haqda AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo ma’lum qildi.
Xitoy esa virusni davolash uchun quriladigan kasalxonalarga 43,2 million dollar mablag‘ ajratadi.
«Amerika xususiy sektorlari tomonidan xayr-ehson qilingan yuz millionlab dollar AQSH rahbariyatining infeksiyaga qarshi kurashish yo‘lidagi majburiyatini namoyon etadi», — deydi Pompeo. Hujjatda keltirilishicha, AQSH joriy hafta Xitoyga 17,8 tonna himoya vositalarini yuboradi. Ular orasida tibbiyot niqobi, xalat, doka, respirator va boshqa zaruriy vositalar bor.
Avvalroq Bill va Melinda Geyts fondi koronavirusga qarshi kurashish uchun 5 million dollar ajratdi. Yanvar oyining oxirida xitoylik milliarder va Alibaba asoschisi Jek Ma 100 million yuan (14,4 million dollar) ajratgan. Shuningdek, Baidu, Tencent va ByteDance kabi boshqa yirik texnologik kompaniyalar 115 million dollar mablag‘ni yangi dori vositalarini yaratish va jabrlanganlarga yordam ko‘ratish uchun ajratdi. Apple ham koronavirusga qarshi kurashishda yordam berishni va’da qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi