Google kompaniyasining global oziq-ovqat dasturi direktori Maykl Bakker xodimlarning sog‘lom ovqatlanishlariga e’tibor qaratmoqda.
Kompaniya keyingi besh yil davomida xodimlarga nafaqat taomlar yoqishi, balki ularning sog‘lom bo‘lishlari uchun oziq-ovqat dasturini o‘zgartirdi.
Bu yerda go‘shtli taomlar va desertlar porsiyalari kamaytirilmoqda, xodimlar gazlangan suv va M&M’s o‘rniga oddiy suv va mevalarni tanlashi uchun xonalarning joylashuvi o‘zgartirilmoqda.
Maykl Bakkerning so‘zlariga ko‘ra, bundan maqsad, sog‘lom ovqatlanish tarzini oddiy va hammabop qilishdir.
Natija esa yomonmas, deb yozadi OneZero. Google’ning birgina Nyu-Yorkdagi ofisida har kuni 10 ming kishi ovqatlanadi. Nonushtaga 2300 ta salat tanovul qilinmoqda, ikki yil avval esa bu yerda birorta ham salat yeyilmasdi.
2017 yildan 2018 yilgacha dengiz mahsulotlarini iste’mol qilish 85 foizga oshdi.
2018 yilda Nyu-Yorkdagi «guglchilar» oddiy suvni shirin suvlarga nisbatan besh baravar ko‘proq ichgan.
Hozirda AQSHda semirish har beshinchi bola va har uchinchi katta yoshli kishida uchraydigan kasallik hisoblanadi. Vaziyatni o‘zgartirishga bo‘lgan urinishlar hozircha samara bermayapti.
«Google ovqatlanish madaniyatini o‘zgartirishga harakat qilmoqda», — deydi Yel universiteti profilaktika tadqiqot markazi direktori va asoschisi Devid Kas.
Uning fikricha, jamiyat salomatligi va o‘zini tutishini o‘zgartirish uchun AQSHda xuddi mana shu darajaga erishilishi kerak.
Ammo Google’dagi bu o‘zgarishlardan hamma ham xursand emas. Ayrimlar sharbat uchun stakanlar judayam kichkinaligidan shikoyat qilgan bo‘lsa, ayrimlar «karam yeyish bekor qilinsin» kabi petitsiyalar bilan chiqdi. Nyu-Yorkda esa kompaniya xodimlarning ofisda Red Bull ichimligi bilan ta’minlash to‘g‘risidagi talabiga bo‘ysunishiga to‘g‘ri keldi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi