09:22 / 11.02.2020
4 659

Moskva o‘zbek migrantlari sabab milliardlar ishlab olmoqda

Moskva o‘zbek migrantlari sabab milliardlar ishlab olmoqda
2019 yili mehnat migrantlari soliq sifatida Moskva byujetiga 18,3 milliard rubl (285 mln AQSH dollari) to‘ladilar. Moskva iqtisodiy siyosat va taraqqiyot departamenti matbuot xizmatiga ko‘ra, shahar o‘tgan yili 2018 yilga nisabatan 5,2 foiz ko‘p daromad ko‘rgan.

2019 yilda Rossiya poytaxtida mehnat patentini asosan O‘zbekiston (50%) va Tojikiston (38%) fuqarolari olgan. Ukraina fuqarolari 6 foizni tashkil etadi. Keyingi o‘rinlarni Ozarbayjon va moldovaliklar band etishgan.

Moskva ko‘p funksiyali migratsion markazi 2019 yili 563,7 ming xorijiy fuqaroga mehnat patenti bergan. 2015 yildan beri mehnat migrantlari Moskva shahrida 2 milliondan ortiq patent olgan. Ular shahar budjetiga 77 milliard rubl (1,2 mlrd dollar) tushirgan.

Departament rahbari Denis Tixonovning aytishicha, migrantlar mehnat bozorida moskvaliklar bilan raqobatlashmayapti. Ular moskvaliklar ishlashni xohlamaydigan - qorovullik, tozalik ishlari, yuk tushirish kabi sohalarda ko‘proq ishlaydi. Har bir patent oluvchi migrant tibbiy tekshiruvdan o‘tgan va rus tilini bilish bo‘yicha imtihon topshirgan.

Har yili Rossiyaga 16,5-17 million migratlar keladi. Ularning 70 foizi MDH davlatlari fuqarolaridir. Rossiya IIV har yili 1,7 million mehnat patentini rasmiylashtiradi. Bu Rossiya budjeti uchun 60 milliard rubl (934 million dollar) keltiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskva o‘zbek migrantlari sabab milliardlar ishlab olmoqda