08:28 / 12.02.2020
2 765

Rimda koronavirus tufayli xitoyliklarni haqorat qilgan o‘smir qo‘lga olindi

Rimda koronavirus tufayli xitoyliklarni haqorat qilgan o‘smir qo‘lga olindi
Foto: EPA
Italiyaning Rim shahrida politsiya ko‘chada bir guruh xitoyliklarni ta’qib qilib, ularni koronavirusni tarqatishda ayblagan o‘smirlardan biri qo‘lga olindi, deb xabar beradi «RIA Novosti».
Ushbu holat 9 fevral, yakshanba kuni, kechki payt Rimning Tuskolano tumanida yuz bergan hamda o‘tkinchilar tomonidan videoga olingan.

Xitoyliklar haqorat qilingan videorolik ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan.
«Koronavirusni bu yerga sizlar olib keldingiz, yo‘qolinglar bu yerdan!», — deb baqirgan o‘smirlar xitoyliklarga qarata.

O‘tkinchilar xitoyliklarning tarafini olmaganida voqea nima bilan yakunlanishini tasavvur qilish qiyin emas, deyiladi xabarda.
Hodisa joyiga politsiyachilar yetib kelgan hamda 15 yoshli o‘smirni qo‘lga olgan. Uning qo‘lida siniq shisha idish bo‘lgan. O‘smirning yana ikki sherigi qochib ketgan.

Xitoy fuqarolari politsiyaga da’vo arizasini kiritmagan. Shunday bo‘lsa ham o‘smirga rasmiy ravishda zo‘ravonlik va tahdid qilish yuzasidan ayblov ilgari surilgan. U haqorat qilgan xitoyliklar orasida homilador ayol ham bo‘lgan. Ayol ushbu voqeadan so‘ng o‘zini yomon his qilgan hamda shifoxonaga yotqizilgan.

Tuskolanodagi ushbu voqea rimliklarni g‘azablantirdi. Ular bu holatning uyatli ekanligini aytib, o‘smirlarning harakatlarini qoralamoqda.
Avvalroq Rimda ilk marta Italiya fuqarosining koronavirusni yuqtirish holati qayd etilgani haqida xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun, Xitoyda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni ming kishidan oshib ketdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rimda koronavirus tufayli xitoyliklarni haqorat qilgan o‘smir qo‘lga olindi