Foto: AP
Turkiya kuchlari turk harbiylarining Idlib viloyatida o‘qqa tutilishiga javoban Suriya armiyasiga yana zarba berdi. Anadolu axborot agentligining ma’lum qilishicha, zarba vaqtida 51 suriyalik harbiy yo‘q qilingan.
Bundan tashqari, Bashar Asad qo‘shinlariga tegishli ikkita tank, bitta zenit qurilmasi, o‘q-dori ombori yo‘q qilingan, bitta tank qo‘lga kiritilgan.
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Suriya hukumati turk kuchlariga qarshi harakatlari uchun “juda katta haq to‘lashi”dan ogohlantirgan.
10 fevralda Suriyaning Idlib viloyatida turk qo‘shinlarining kuzatuv punkti artilleriya qurilmalaridan o‘qqa tutilishi vaqtida 5 nafar turk harbiysi halok bo‘lgan. Punkt Suriya armiyasi tomonidan o‘qqa tutilgan. Turkiya bunga javoban Suriya armiyasining 115 ta nishoniga zarba bergan. Buning oqibatida 101 nafar suriyalik harbiy halok bo‘lgan, 3 tank va 2 ta minomyot pozitsiyasi yo‘q qilingan, bitta vertolyot urib tushirilgan.
3 fevralda ham 7 nafar turk harbiysi va bir nafar fuqaro o‘qqa tutish vaqtida halok bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi