11:55 / 12.02.2020
3 244

Rossiyada 2 nafar ayol koronavirus bo‘yicha karantindan qochib ketdi

Rossiyada 2 nafar ayol koronavirus bo‘yicha karantindan qochib ketdi
Foto: «RIA Novosti»
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida yashovchi Alla ismli ayol Xitoydan qaytganidan so‘ng 14 kunlik koronavirus karantinga joylashtirilgan kasalxonadan qochib ketdi. Bu haqda Meduza'ga tayanib Daryo xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 32 yoshli ayol 7 fevral, juma kuni kasalxonadagi karantin izolyatoridan qochib ketgan. Ammo bu haqda endi ma’lum bo‘lgan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u qochib ketganiga to‘rt kun bo‘lsa ham, na kasalxona va na politsiya unga murojaat qilmagan.

Kasalxona bosh shifokori ayolning xatti-harakatlarini bezorilik deb atagan. Uning ta’kidlashicha, shifoxonada o‘rnatilgan cheklovlarni buzganlik uchun jinoiy javobgarlik ham ko‘zda tutilishi mumkin. Bosh shifokorning qo‘shimcha qilishicha, ayolning qochib ketgani haqidagi ma’lumot politsiyaga yuborilgan.

Yana bir shunga o‘xshash voqea Samara shahrida yuz bergan. Guzel Neder ismli ayol bolasi bilan karantin uchun joylashtirilgan kasalxonadan qochib ketganini ma’lum qilgan. Ayol ko‘rsatma berish uchun politsiyaga chaqirilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada 2 nafar ayol koronavirus bo‘yicha karantindan qochib ketdi