17:45 / 12.02.2020
5 808

Yangi koronavirus jumbog‘i: Nega kasallanganlar orasida bolalar deyarli yo‘q

Yangi koronavirus jumbog‘i: Nega kasallanganlar orasida bolalar deyarli yo‘q
Yangi koronavirus bilan kasallanish holatlari soni kun sayin ortib bormoqda, yuqtirib olganlarning aksariyati Xitoy fuqarolaridir. Ammo bemorlar to‘g‘risidagi birinchi umumiy ma’lumot shuni ko‘rsatdiki, ular orasida 15 yoshdan kichik bo‘lganlar deyarli yo‘q. Ma’lum bo‘lishicha, virus bolalarga deyarli ta’sir qilmaydi. Buning sababi nima?

Statistikaga ko‘ra, bolalar yangi virusdan deyarli zarar ko‘rmayapti. Bundan tashqari, kam sonli kichik bemorlarda ko‘pincha kasallik alomatlari kuzatilmayapti va ular virusga qarshi kurasha olishmoqda.

Aniqlanishicha, bolalar virusga yetarlicha qarshilik ko‘rsatadi, kattalar esa osonlik bilan zararlanib, kasallikning barcha belgilari va asoratlari kuzatiladi. 65 yoshdan oshgan odamlar orasida esa o‘lim darajasi eng yuqori. Virus qurbonlarining deyarli barcha keksa yoshli odamlardir.

Yangi virus ushbu parametrlarga ko‘ra atipik pnevmoniyaga (SARS) juda o‘xshash bo‘lib, u ham bolalarni qariyb chetlab o‘tgan, ammo keksalarni ayamagandi. Atipik pnevmoniyadan 8 ming nafardan ortiq odam kasallangan bo‘lsa-da, bolalarga yuqishi bilan bog‘liq 80ta holat qayd etilgan va ularning birortasida o‘lim kuzatilmagan.

Gripp bilan solishtirganda, vaziyat biroz o‘zgacha. Gripp virusi qurbonlari orasida ham keksa odamlar ko‘pchilikni tashkil qiladi, ammo shu bilan birga bolalar katta xavf ostidagi guruhga kiritiladi. Kichik yoshlilarda grippga chalinish holati juda yuqori va ko‘pincha tanada asoratlar kuzatiladi. Aniqlanishicha, yangi koronavirus fuqarolarning turli yosh toifalari orasidagi tarqalishi nuqtayi nazaridan SARS’ga o‘xshashdir.

Bolalar katta shiddat bilan tarqalayotgan koronavirusga bu darajadagi qarshilik ko‘rsatishni qanday uddalashmoqda? Olimlar hozircha bu savolga aniq javob bera olishmayapti va ma’lumotlar to‘planishi davom etmoqda. Mutaxassislar ikki ehtimoliy sababni ko‘rsatishmoqda.

Avvalo, bolalar virusga kattalarga qaraganda kamroq moyil bo‘lishadi, shuning uchun hatto kasal qarindoshlari davrasida ham bola sog‘lom holatda qolishi mumkin. Ikkinchi taxminga ko‘ra, bolalar baribir yuqtirib olishadi, ammo ularning tanasidagi himoya mexanizmlari farqli va virusga qarshi faolroq kurashadi. Shuning uchun kasallik deyarli yengil shaklda davom etadi, deyarli hech qanday alomat va asoratlar bo‘lmaydi.

Nega bunday bo‘layotgani qorong‘i - shifokorlar yangi virus haqida hali juda kam ma’lumotga ega ekanliklarini tan olishmoqda va bolalardagi yuqori qarshilik nimaga asoslanganini aniqlash uchun qo‘shimcha tadqiqotlar talab etiladi.

Hozirgi kunda yangi koronavirusni 40 mingga yaqin odam yuqtirgani ma’lum, ammo ular orasida bolalar soni 10 nafardan ko‘p emas. Shifokorlar qariyb 3,5 ming bemorni davolay olishgani quvonarli. Virusning sayyorada tarqalishini Jons Hopkins universiteti tizimli fan va muhandislik ilmiy markazi tomonidan tuzilgan va axborot saytiga joylashtirilgan xarita yordamida kuzatish mumkin. Ma’lumotlar har kuni yangilanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yangi koronavirus jumbog‘i: Nega kasallanganlar orasida bolalar deyarli yo‘q