21:47 / 12.02.2020
4 257

Uxandagi kasalxona hamshiralari koronavirusdan davolanayotgan bemorlar uchun ommaviy raqs uyushtirdi (video)

Uxandagi kasalxona hamshiralari koronavirusdan davolanayotgan bemorlar uchun ommaviy raqs uyushtirdi (video)
Foto: Reuters
Uxanda koronavirus bilan kasallanganlarni davolash uchun qurilgan vaqtinchalik kasalxonalardan birida hamshiralar bemorlarni xursand qilish maqsadida ommaviy raqs uyushtirdi. «RIA Novosti»ning yozishicha, voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqaldi va butun Xitoy aholisida ijobiy taassurot qoldirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, himoya kiyimlari kiygan ikki nafar hamshira shifoxonadagi bemorlarda ko‘tarinki ruh paydo qilish maqsadida musiqa qo‘ygan va Xitoy qo‘shig‘iga monand raqsga tusha boshlagan. Mijozlar ham uzoq kuttirmay, oradan biroz vaqt o‘tganidan keyin kimdir xalatda, kimdir qalin ustki kiyimlarda ularga qo‘shilib raqsga tushgan.

Hamshiralardan birining aytishicha, u hamkasblari bilan birga bemorlarni turg‘azib biroz badantarbiya qildirish va kasalikka kurashishda ko‘tarinki kayfiyat berish maqsadida shunday qilgan.

Ta’kidlanishicha, shifoxonadagi bemorlar koronavirusga chalingan bo‘lsa-da, kasallik yengil shaklda kechmoqda. Shu sababli badantarbiya va raqs ularga faqat foyda keltiradi.

Kasalxonadagi raqsni bemor qizlardan biri videoga olib, internetga yuklagan va unga «musiqa va raqs odamlar yuzida unutilgan tabassumni qaytarayotgani»ni yozib qoldirgan.

Eslatib o‘tamiz, yangi turdagi koronavirusning tarqalish o‘chog‘iga aylangan Xitoyning Uxan shahrida 2 fevral, yakshanba kuni, ushbu virusni yuqtirganlar uchun mo‘ljallangan ikki kasalxonadan birinchisining qurilishi yakunlandi. 4 fevraldan boshlab yangi kasalxona bemorlarni qabul qilishni boshladi.

11 fevral holatiga ko‘ra, Xitoyda JSST qaroriga muvofiq virus COVID-19 nomini olgan koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 1110 kishidan oshib ketdi. Butun mamlakat bo‘ylab virusni yuqtirib olganlar soni 44 653 kishini tashkil etmoqda, ularning 4740 nafari davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Bundan tashqari 8204 odam og‘ir ahvolda, kasallar bilan aloqada bo‘lgan yana 185 ming kishi nazorat ostiga olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Uxandagi kasalxona hamshiralari koronavirusdan davolanayotgan bemorlar uchun ommaviy raqs uyushtirdi (video)