22:28 / 12.02.2020
2 723

Niderlandiyada jo‘natma sifatida qadoqlangan ikkita bomba portladi

Niderlandiyada jo‘natma sifatida qadoqlangan ikkita bomba portladi
Foto: Reuters
Niderlandiyada 12 fevral kuni jo‘natma sifatida qadoqlangan ikkita bomba portlab ketdi, deb yozadi Meduzaga tayanib Daryo.
Ichida bomba bo‘lgan birinchi jo‘natma Amsterdamdagi jo‘natmalarni saralash ofisida portlagan. Ikkinchisi esa Kerkrad shahridagi pochta kompaniyasining saralash punktida portlagan.

Portlashlar oqibatida hech kim jarohatlanmagan. Politsiya holat yuzasidan hozircha hech kimni qo‘lga olmagan.
Ichida bomba bo‘lgan jo‘natmalar Niderlandiyada yanvar oyi boshidan beri aniqlanmoqda.

Bombali jo‘natmalar avtomobilga yoqilg‘i quyish shoxobchalari, mehmonxonalar, ko‘chmas mulk agentliklarida topilgan, lekin shu vaqtga qadar biron marta ularning portlagani qayd etilmagan.
Politsiya bombalar bir kishi tomonidan jo‘natilayotganini taxmin qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Niderlandiyada jo‘natma sifatida qadoqlangan ikkita bomba portladi