09:50 / 13.02.2020
6 361

Musulmonlar koronavirus tashxisining eng tezkor usulini ishlab chiqdilar

Musulmonlar koronavirus tashxisining eng tezkor usulini ishlab chiqdilar
Turkiyada ikki soat ichida inson 2019-nCoV koronavirusini yuqtirgan yoki yuqtirmaganligini aniqlash uchun testlar ishlab chiqilgan. Bu haqda sog‘liqni saqlash vaziri Faxriddin Koja ma’lum qildi.

"Olimlarimiz koronavirus tashxisi uchun eng tezkor testni yaratishga muvaffaq bo‘lishdi. Natija olish tezligi odatdagi sinovlarga qaraganda 90-120 daqiqagacha kamaydi”, - deya xabar beradi Haberturk telekanali vazirning so‘zlarini keltirib.

Kojining so‘zlariga ko‘ra, yangi tezkor sinov allaqachon mamlakatdagi tibbiy muassasalarda qo‘llanila boshlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Musulmonlar koronavirus tashxisining eng tezkor usulini ishlab chiqdilar