11:03 / 13.02.2020
4 375

Koronavirusni yuqtirgan va qurbon bo‘lganlar soni keskin oshdi

Koronavirusni yuqtirgan va qurbon bo‘lganlar soni keskin oshdi
Foto: «racurs.ua»
Xitoyning Xubey provinsiyasida so‘nggi sutkada koronavirus bilan og‘riganlar va uning oqibatida halok bo‘lganlar soni keskin oshgani ma’lum qilindi.

Xubey — Xitoyda koronavirus tarqalishining markazi hisoblanadi. Bu yerda o‘tgan kun davomida 14 840 nafar kishi kasallikni yuqtirgani qayd etildi, bu yangi rekorddir.

Shunday qilib, mintaqada ushbu kasallikka chalinganlarning umumiy soni 48206 kishiga etdi. So‘nggi bir kun ichida vafot etganlar soni 242 nafarga etdi, bu bir kunlik rekord ko‘rsatkichdir. Umuman olganda, Xubeydagi xavfli infeksiyadan 1310 kishi vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusni yuqtirgan va qurbon bo‘lganlar soni keskin oshdi