12:15 / 13.02.2020
3 073

Suriyaning asosiy magistral yo‘lida shiddatli janglar bo‘lib o‘tdi

Suriyaning asosiy magistral yo‘lida shiddatli janglar bo‘lib o‘tdi
Foto: Reuters
Suriyaning Idlib viloyatidagi Damashqni mamlakatning markaziy va shimoliy mintaqalari bilan bog‘laydigan asosiy M5 trassasi hududida shiddatli janglar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, hukumat qo‘shinlari yo‘lni o‘z nazoratiga olgan bo‘lsa ham uning xavfsizligini ta’minlashga qodir emas. Ba’zi joylarda jangarilarning pozitsiyalari magistraldan bir necha yuz metr narida joylashgan bo‘lib, bu trassaga qarata osongina o‘t ochishga imkon beradi.

M5 trassasi butun Suriya bo‘ylab o‘tadi. U shimolda Aleppo shahrini Xama, Xoms va Damashq shaharlari bilan bog‘laydi va janubda Dera provinsiyasi va Iordaniya chegarasigacha boradi. Yo‘l harbiylarga asbob-uskunalar va ta’minotni tezda yetkazib berishga imkon beradi. 2012 yildan beri avtomagistral qurolli muxolifot nazorati ostida qolmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Suriyaning asosiy magistral yo‘lida shiddatli janglar bo‘lib o‘tdi