14:50 / 13.02.2020
3 477

Nazarboyevning nevarasi Britaniyadan siyosiy boshpana so‘radi

Nazarboyevning nevarasi Britaniyadan siyosiy boshpana so‘radi
Foto: «Lenta.ru»
Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning nevarasi, o‘z joniga qasd qilishga uringan va Londonda politsiyachiga tashlangani uchun bir yillik shartli jazo olgan Aysulton Nazarboyev Buyuk Britaniyadan siyosiy boshpana so‘radi. Bu haqda u o‘zining «Facebook»dagi sahifasida ma’lum qilgan.

Qozog‘iston sobiq yetakchisining nevarasi bu qarorini oilasining tazyiqlari bilan izohlagan. Uning aytishicha, «Rossiya bilan Qozog‘iston hukumatlari o‘rtasida keng miqyosdagi korrupsiyalardan» xabardor. Kichik Nazarboyevning ta’kidlashicha, barcha tafsilotlarni Britaniyaning «Times» nashriga bergan intervyusida gapirib bergan: u yaqinda chop etiladi.

Avvalroq Aysulton Nazarboyev uni o‘ldirmoqchi bo‘layotganini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u Angliya shifoxonasida, turmada yotgan, qarindoshlari bilan muammolari bo‘lgan.

2019 yil iyulda Aysulton Londonda joniga qasd qilishga xalaqit qilishga uringan politsiyachini tishlab olgan. Qozog‘iston birinchi prezidentining 30 yoshli nevarasiga bir yillik shartli jazo tayinlandi, 140 soat jamoat ishi, bir necha ming funt sterling miqdorida jarima va tovon puli to‘lash, shuningdek, albatta giyohvandlikka qarshi muolaja olish — narkologning kamida 20 ta sessiyasiga qatnash shular jumlasidan.

Uning otasi Rohat Aliyev (marhum) 2008 yilgacha Nazarboyevning qizi Darig‘a bilan turmush qurishgan. 2015 yilda Nurbankning ikkita top-menejerini o‘ldirganlikda ayblanib jazolanayotgan Avstriya turmasida uning jasadi chiqqan. Qozog‘istonda Aliyev hukumatni qo‘lga kiritish va jinoiy guruhni tashkil etishga tayyorlanishda ayblangan va sirtdan 40 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Qozog‘iston uning ekstraditsiyasi uchun Avstriyaga ikki marta so‘rov yuborgan, biroq rad javobini olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nazarboyevning nevarasi Britaniyadan siyosiy boshpana so‘radi