22:13 / 14.02.2020
2 653

AQSH harbiy havo kuchlarida soqol qo‘yish va ro‘mol o‘rashga ruxsat berildi

AQSH harbiy havo kuchlarida soqol qo‘yish va ro‘mol o‘rashga ruxsat berildi
AQSH harbiy havo kuchlari harbiy xizmatchilariga qo‘yiladigan dress-kod talablari soddalashtirildi.
Yangi tartibga asosan, endilikda musulmonlar va sikxlarga soqol o‘stirish, ro‘mol va dastor o‘rashga ruxsat beriladi.

Shu bilan birga, qoidalarda harbiy xizmatchining tashqi ko‘rinishi «ozoda va konservativ» bo‘lishi kerakligi belgilab qo‘yilgan. Kishi o‘ziga qaray olmasligi ehtimoli bo‘lgan muayyan shart-sharoitlar bundan mustasno.

Ta’kidlanishicha, AQSH HHKning ba’zi harbiy qismlarida yangi tartib amal qila boshlagan. Telekanal o‘z saytida boshiga dastor o‘ragan uchuvchi suratini ilova qilgan:

Nyu-Jersidagi McGuire-Dix-Lakehurst bazasi xizmatchisi
Foto: Harmeet Kaur /CNN - 2019 yil, dekabr

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH harbiy havo kuchlarida soqol qo‘yish va ro‘mol o‘rashga ruxsat berildi