11:31 / 16.02.2020
4 232

Xitoyda koronavirusga qarshi kurashda «hal qiluvchi palla» kelgani ma’lum qilindi

Xitoyda koronavirusga qarshi kurashda «hal qiluvchi palla» kelgani ma’lum qilindi
Foto: Global Look Press
Xitoyda koronavirusga qarshi kurashda «hal qiluvchi palla» keldi. Bu haqda mamlakat milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi rasmiy vakili Lyan Vannyan ma’lum qildi, deya xabar beradi «RBK»ga tayanib Daryo.
Uning aytishicha, Xitoydagi deyarli barcha provinsiyalarda koronavirusni yuqtirish holatlari qatorasiga o‘n kundan beri pasaymoqda.

Biroq, Xubey provinsiyasi bundan istisno bo‘lib turibdi. Kasallik o‘chog‘i bo‘lgan mazkur hududning ayrim joylarida kasallanganlar soni tez sur’atlar bilan ko‘payib bormoqda.

Komissiya ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi sutkalarning o‘zida Xubeyda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 2420 ta yangi holat qayd etilgan. Bundan 1923 tasi provinsiya poytaxti Uxanga to‘g‘ri kelgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xubey provinsiyasida bir sutka davomida yangi turdagi COVID-10 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 2420 kishiga ortgan bo‘lib, provinsiyada kasallikka chalinganlarning jami soni 54 406 kishiga yetgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda koronavirusga qarshi kurashda «hal qiluvchi palla» kelgani ma’lum qilindi