18:50 / 16.02.2020
6 445

Koronavirus ko‘rshapalakdan tarqalgani yana bir bor tasdiqlandi

Koronavirus ko‘rshapalakdan tarqalgani yana bir bor tasdiqlandi
Foto: «Global Look Press»
Xitoy fan va texnika vazirligi mutaxassislari tadqiqot o‘tkazib, koronavirus kasalligi ko‘rshapalakdan tarqalganini yana bir bor tasdiqladi.
Olimlar uy hayvonlari va parrandalar o‘rtasida tadqiqot o‘tkazgan va shunday xulosaga kelishgan. Unga ko‘ra, COVID-19 ko‘rshapalaklarda uchraydigan koronavirusga 90 foiz o‘xshaydi. Bu ko‘rshapalaklar Xitoyning Chjetszyan provinsiyasidagi Chjoushan shahrida ko‘plab tarqalgan.

Tadqiqotchilarning aniqlashicha, ko‘rshapalaklar nafaqat pnevmoniyaga sababchi, balki tarqatuvchi ham hisoblanadi. Eslatib o‘tamiz, bunga qadar ham kasallik aynan ulardan tarqalgani bir necha bor aytilgan edi.
Ta’kidlash joiz, Xitoyda ko‘rshapalakdan taom tayyorlanadi va iste’mol qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus ko‘rshapalakdan tarqalgani yana bir bor tasdiqlandi