08:58 / 17.02.2020
5 702

Qozog‘iston ta’lim vazirligi o‘zbek talabalarining ommaviy ketishi yuzasidan izoh berdi

Qozog‘iston ta’lim vazirligi o‘zbek talabalarining ommaviy ketishi yuzasidan izoh berdi
Qozog‘iston Ta’lim va fan vazirligi o‘zbek talabalarining ommaviy ravishda vatanlariga qaytishi yuzasidan izoh berdi.
Ma’lumki, so‘nggi paytlarda Qozog‘iston oliygohlariga Qozog‘istonda ta’lim olayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan o‘zbek oliygohlarga o‘qishni ko‘chirish haqida arizalar kelib tusha boshladi”, - deya yozgan Facebook᾽da Qozog‘iston ta’lim va fan vazirining o‘rinbosari Miras Daulenov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston Ta’lim va fan vazirligi O‘zbekiston elchixonasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazgan. O‘zbekiston tomoni talabalarning ketishi respublikada oliy ta’lim olishning kengaytirilishi bilan bog‘liqligini ma’lum qilgan.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, nafaqat mamlakatimizdagi talabalar, balki qator qo‘shni mamlakatlardan ham o‘zbek oliygohlariga o‘qishlarini ko‘chirishmoqda. Dunyoda oliy ta’lim ommalashishining o‘sishi va aholining keng qatlamini qamrab olishi kuzatilmoqda”, - deya ta’kidlagan Daulenov.

Talabalarning ushbu “migratsiyasini” vazir o‘rinbosari tabiiy jarayon deb atagan va bu Qozog‘iston oliygohlariga hech qanday ta’sir ko‘rsatmasligiga ishontirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston ta’lim vazirligi o‘zbek talabalarining ommaviy ketishi yuzasidan izoh berdi