10:20 / 17.02.2020
3 301

Turkiyada ismi sir qolishini istagan inson kambag‘al vatandoshlarining qarzini to‘lab berdi

Turkiyada ismi sir qolishini istagan inson kambag‘al vatandoshlarining qarzini to‘lab berdi
Turkiyaning Diyorbakir tumanida himmatli sirli shaxs tumanning barcha aholisining mahalliy oziq-ovqat do‘konidagi qarzlarini to‘ladi. Bu haqda NTV Turkiya xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, noma’lum shaxs do‘konga kelib, sotuvchiga barcha mahalliy aholining qarz daftarchasiga yozilgan qarzlarini to‘lamoqchi ekanini aytadi.

U 12,5 ming turk lirasini (2 ming dollardan ziyod) to‘lagan. So‘ngra qarzlar yozilgan sahifasi yirtib olib, yoqib yuborgan.
Sotuvchining so‘zlariga ko‘ra, ko‘pchilik ular endi qarzdor emasliklariga darhol ishonishmagan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada ismi sir qolishini istagan inson kambag‘al vatandoshlarining qarzini to‘lab berdi