11:46 / 17.02.2020
3 085

Gonkongda qurolli jinoyatchilar 600 rulon hojatxona qog‘ozini o‘g‘irlab ketishdi

Gonkongda qurolli jinoyatchilar 600 rulon hojatxona qog‘ozini o‘g‘irlab ketishdi
Foto: «AP Photo»
Xitoyning maxsus ma’muriy hududi — Gonkongda koronavirus tufayli asosiy ehtiyoj mahsulotlarining yetishmasligidan vahimaga tushib qolgan qurollangan bosqinchilar 600 rulon hojatxona qog‘ozini o‘g‘irlab ketishdi, deb yozadi «South China Morning Post» gazetasi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus tufayli asosiy mahsulotlar yetishmay qolishidan xavotirga tushib qolgan gonkongliklar go‘sht, guruch, lag‘mon, hojatxona qog‘ozi, sovun va shunga o‘xshagan boshqa mahsulotlarni ulgurji sotib ola boshlashgan.

Gazetaning yozishicha, dushanba kuni soat oltilarda Gonkongdagi do‘konlardan birining oldida niqoblangan uch kishi taxminan 50 qadoq hojatxona qog‘ozini o‘g‘irlab ketishgan. Politsiyaning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchilardan birining qo‘lida hatto pichoq ham bo‘lgan. Moddiy zarar — 130$ (1 ming Gonkong dollari).

Yakshanba kuni Gonkong Iste’molchilar kengashi bosh direktori mahalliy aholiga hojatxona qog‘ozini juda ko‘p sotib olmaslikni va uyida juda ko‘p miqdorda saqlamaslikni tavsiya etgan. Chunki nam iqlim sharoitida mog‘orlab ketishi hech gap emas. Uning aytishicha, mahsulot yetkazib beruvchilar hojatxona qog‘ozi tanqisligi bo‘lmasligini ma’lum qilishgan.

Gonkongda 57 kishi COVID-19 koronavirusini yuqtirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gonkongda qurolli jinoyatchilar 600 rulon hojatxona qog‘ozini o‘g‘irlab ketishdi