10:15 / 18.02.2020
4 211

Xitoy koronavirus sababli o‘z qog‘oz pullarini yo‘q qilmoqchi

Xitoy koronavirus sababli o‘z qog‘oz pullarini yo‘q qilmoqchi
Koronavirus tobora tez tarqalayotgani dunyoni xavotirga solmoqda. Rasmiy Pekin «Covid-19» nomi bilan ma’lum bo‘lgan virus tarqalishining oldini olishga qaratilgan yangi choralarni e’lon qildi. Bu haqda «CNN Business» xabar bergan.

Bayonotga ko‘ra, infeksiya tarqalgan hududlardagi binolar lift tugmachalari, eshik tutqichlari va boshqa virus turib qolishi mumkin bo‘lgan joylar muntazam ravishda dezinfeksiyalanadi. Rasmiy Pekin tomonidan ta’kidlanishicha, hukumat shuningdek pul valyutalaridan ko‘proq xavotirda. Chunki hamma pul bilan savdo qiladi, bu esa xavfli.

Xitoy markaziy hukumatining xabar qilishicha, hozirda barcha Xitoy banklari o‘zlarining pullarini qayta tozalashlari, ultrabinafsha nurlar va yuqori haroratlar bilan tozalashlari, so‘ngra yetti kundan 14 kungacha saqlashi kerak. Aks holda, pullar muomalaga chiqarilmaydi va yo‘q qilinadi.

Valyutaga bo‘lgan talabni qondirish uchun banklar ko‘p miqdordagi yangi, infeksiyalanmagan naqd pul chiqaradi.

Avvalroq koronavirus yuqtirib olganini yashirgan va uni boshqalarga tarqatgan odamlar jamiyat uchun xavfli deb topishi va bunday shaxslar 10 yil yoki umrbod qamoq va o‘lim jazolaridan biriga hukm qilinishi haqida xabar bergan edik.

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy koronavirus sababli o‘z qog‘oz pullarini yo‘q qilmoqchi