3 584
Qozog‘iston televideniyesida Markaziy Osiyodagi birinchi virtual boshlovchi paydo bo‘ldi (video)
Foto : Atameken Business
Qozog‘istonning Atameken Business telekanalida yangiliklar dasturidan birini virtual boshlovchi olib borishni boshladi. U Markaziy Osiyodagi birinchi virtual boshlovchi bo‘ldi. Bu haqda Atameken Business mediaxoldingida ma’lum qilingan.
i-Sanj deb nomlangan gologramma qozog‘istonlik aktyor Sanjar Madi qiyofasida ishlanib, kundalik iqtisodiy yangiliklar blokini olib boradi.
Virtual boshlovchi loyihasi ustida ishlagan jamoaning ta’kidlashicha, o‘ziga xos mazmundagi yangiliklarni texnologik personajlar taqdim qilishi kerak. Loyihaning “antiqaligi” ham aynan shundan - intellektual kontent va yangi texnologiyalarni birlashtirishdan iborat.
Ta’kidlanishicha, kiber-boshlovchi i-Sanj yangiliklarni tezkor va bexato yoritishda yangi imkoniyatlarni ochadi. U ta’til, maosh, grimga ehtiyoj sezmaydi va uzzukun ishlashga tayyor.
Telekanal prodyuserining ta’kidlashicha, televideniyeda dramaturgiya kinodagidan kam bo‘lmagan darajada muhim va virtual boshlovchilar mualliflik dasturlarida insonlar o‘rnini bosa olmaydi. Loyihani neyron tarmoq yordamida mahalliy dasturchilar kuchlari bilan amalga oshirishga muvaffaq bo‘lingan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?
Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi