2 867
Ukrainada aholi Xitoydan evakuatsiya qilinadigan hamyurtlariga qarshi barrikadalar qurmoqda
Foto : Videodan kadr
G‘arbiy Ukraina aholisi koronavirus tarqalgan Xitoydan evakuatsiya qilinadigan ukrainaliklarni o‘z aholi punktlariga qo‘ymaslik uchun barrikadalar qurishmoqda.
Bu haqda «Segodnya» nashri xabar berdi. Jumladan, Ternopol oblastida odamlar hukumat evakuatsiya qilinadiganlarni oblastda joylashgan sihatgohlardan biriga karantinga joylashtirmoqchiligi haqidagi xabardan xavotirga tushishgan. Shu sababli sihatgoh joylashgan Konopkovka qishlog‘iga kiraverishda g‘ovlar qazilib, shinalar va beton bloklar yordamida barrikadalar hosil qilingan. Mikulinsi qishlog‘ida esa blokpostlar o‘rnatilgan.
Natijada mahalliy hokimiyat oblast zarur anjomlar va dori-darmon bilan ta’minlanmagani uchun evakuatsiya qilinadiganlarni qabul qilishga tayyormasligini ma’lum qilgan. Sihatgoh direktori esa o‘z xodimlari va mahalliy aholi roziligisiz odamlarni karantinga joylashtirishga ruxsat bermasligiga va’da bergan.
Lvov oblastining Vinniki shahrida esa oblast gospitaliga kirish va chiqish joylari shinalar bilan to‘silgan. Odamlar o‘z farzandlari uchun xavotirlanmoqdalar.
Oliy rada deputati Pavel Bakunetsning ta’kidlashicha, G‘arbiy Ukraina Xitoydan evakuatsiya qilinadiganlar ushbu hududda joylashtirilmoqchiligi haqidagi xabarlardan vahimaga tushgan. “Hukumat Xitoydagi ukrainaliklar haqida qayg‘urmoqda-yu, biroq bu yerdagi ukrainaliklarning xavfsizligini biroz unutib qo‘ymoqda. Men hukumatning o‘z fuqarolari bilan tegishli muloqoti yo‘qligi hosil qilgan vahima va mavhumlikni nazarda tutmoqdaman”, deb aytgan deputat.
Ta’kidlanishicha, 19 fevral kechki payt SkyUp aviakompaniyasining Boeing 737-700 samolyoti virus o‘chog‘i hisoblangan Uxan shahridan 49 ukrainalikni va 25 xorijiy fuqaroni evakuatsiya qilish uchun Kiyevdan Xitoyga jo‘nagan. 20 fevraldan ularning evakuatsiya qilinishi boshlanadi. Uxandan reys shu kuni Olmaotada oraliq qo‘nish bilan Kiyevdagi Borispol aeroportiga qo‘nadi. Ukraina hukumati Xitoydan keltiriladigan ukrainaliklar 14 kun davomida shifokorlar nazoratida bo‘lishini ma’lum qilgan. Biroq bu odamlar qayerga joylashtirilishi hali rasman ma’lum qilinmagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi