12:21 / 20.02.2020
3 545

Bill Geyts Teslaʼdan to‘rt baravar qimmat turadigan elektrokar sotib oldi

Bill Geyts Teslaʼdan to‘rt baravar qimmat turadigan elektrokar sotib oldi
Porsche Taycan Turbo Foto: yorkshirepost.co.uk
Microsoft korporatsiyasi asoschisi Bill Geyts o‘zi uchun birinchi marta to‘liq elektrlashtirilgan avtomobil sotib oldi. Bu haqda u YouTube-bloger Markus Braunli kanali uchun bergan intervyusida aytgan.

Bill Geyts biznesda muqobil energiyani qo‘llashga misol qilib Tesla kompaniyasini aytib o‘tgan, ammo u xarid qilgan elektromobil boshqa kompaniyaniki – Porsche Taycan Turbo modeli ekan.
Geyts suhbatda, elektrokarlar yurish zaxirasi bo‘yicha ichki yonuv dvigatelli avtomobillardan ortda qolishini aytgan. Shuningdek, Tesla kompaniyasida birorta ham ichki yonuv dvigatelli avtomobil yo‘qligini ta’kidlab o‘tgan.

Porsche Taycan Turbo haqida gapirayotib, Bill Geyts bu o‘zining ilk elektromobili ekanini va o‘ziga juda yoqishini ta’kidlagan. Tvitter foydalanuvchilari bu borada Ilon Mask fikri bilan ham qiziqishgan. Izoh yozganlardan biri, kuzatuvchilarning aksariyati Geyts fikriga quloq solishini, chunki u “aqlli yigit” ekanini ta’kidlagan. Mask bunga javoban, Bill Geyts bilan kechgan suhbatdan ta’sirlanmaganini aytgan, xolos.

Aytish kerakki, Porsche Taycan Turbo narxi 150 000 dollardan oshadi, Tesla esa o‘z elektrokarlarini bundan ancha arzon sotadi. Masalan, boshlang‘ich komplektatsiyadagi Model 3 elektromobili 35 000 dollar turadi – farq to‘rt baravardan ham ortiq!

Tesla Model 3 / Foto: rock-cafe.info
O‘zbekiston prezidentining kuyovi Otabek Umarov Toshkent ko‘chalarida tezlikni oshirib haydagan avtomashina – Model S esa Long Range Plus komplektatsiyasida 79 000 dollar turadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bill Geyts Teslaʼdan to‘rt baravar qimmat turadigan elektrokar sotib oldi