12:40 / 20.02.2020
5 984

Odamzodni yo‘q qila oladigan suvosti kemalari ma’lum bo‘ldi

Odamzodni yo‘q qila oladigan suvosti kemalari ma’lum bo‘ldi
Foto: «nationalinterest.org»
Odamzodni yo‘q qila oladigan yoki uni oxir zamonga yaqinlashtirib qo‘yadigan beshta atom suvosti kemasi mavjud. Ularning ro‘yxatini «The National Interest» nashri keltirib o‘tgan.

Maqola mualliflarining fikricha, sovuq urush ayni avjiga chiqqan pallada Amerikaning «Ogayo» tipidagi submarinasi «yarim soat ichida shahar kattaligidagi 288 tagacha nishonni radioaktiv kulga aylantira olgan». Yana bir dahshatli submarina Amerikaning «Kolambiya» tipidagi atom suvosti kemasi bo‘lib, nashrning yozishicha, u 2020 yilda qurila boshlaydi.

Shuningdek, nashr Rossiyaning ballistik raketali suvosti kemalarini ham tilga olib o‘tgan — bortida R-30 «Bulava» raketalari bo‘lgan 955A «Borey-A» loyihali suvosti kemasi, «Sineva» ballistik raketalari bilan jihozlangan 667BDRM «Delfin» loyihali submarinasi va «Kalibr» majmuiga kiruvchi ZM-14 qanotli raketalari bo‘lgan 885M «Yasen» loyihali suvosti kemasi.

Avvalroq «The National Interest» hatto birinchi zarbadayoq Rossiyaning boshqa yadro qurollari yakson etilgan taqdirda ham, uning «Borey» loyihali atom suvosti kemalari Amerikani «odam yashamaydigan» joyga aylantirishga qodirligi haqida yozgandi.

Ayni vaqtda, qurollanish davlat dasturiga muvofiq, Rossiya Harbiy dengiz floti manfaatlari uchun «Borey» toifasidagi sakkizta submarina qurish rejalashtirilgan. Ulardan uchtasi allaqachon qurib bitkazilib, flot tarkibiga kiritilgan: «Yuriy Dolgorukiy», «Aleksandr Nevskiy» va «Vladimir Monomax». To‘rtinchi suvosti kemasi — «Knyaz Vladimir» harakat sinovlaridan o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Odamzodni yo‘q qila oladigan suvosti kemalari ma’lum bo‘ldi