13:20 / 20.02.2020
4 037

Xitoyda koronavirusdan qurbon bo‘lganlar soni 2118 kishiga yetdi

Xitoyda koronavirusdan qurbon bo‘lganlar soni 2118 kishiga yetdi
Foto: «REUTERS»
Xitoyda koronavirusni yuqtirganlar soni 74,57 ming kishidan oshib ketdi, ulardan 2118 nafari hayotdan ko‘z yumgan bo‘lsa, 16552 nafari shifoxonadan tuzalib chiqqan. Bu haqda XXR sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasi ma’lum qilgan.

«RIA Novosti»ning yozishicha, ayni vaqtda 56 303 kishi kasallikdan qiynalyapti. Ulardan 11 864 nafari og‘ir ahvolda.
O‘tgan bir kecha-kunduzda mamlakat bo‘yicha yana 394 kishi kasallikni yuqtirganligi, 114 ta o‘lim holati qayd etildi.

Yana 1277 kishi koronavirusni yuqtirganlikda gumon qilinib ro‘yxatga olingan. Bemorlar bilan yaqin aloqada bo‘lgan 126,36 ming kishi esa tibbiy nazorat ostida.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda koronavirusdan qurbon bo‘lganlar soni 2118 kishiga yetdi