16:27 / 20.02.2020
7 041

Koronavirus sun’iy yaratilgan: bu fitnami yoki haqiqat?

Koronavirus sun’iy yaratilgan: bu fitnami yoki haqiqat?
Foto: «RIA Novosti»
To‘qqiz mamlakat, jumladan, AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiyadan kelgan olimlar guruhi «yangi tipdagi koronavirus sun’iy yo‘l bilan hosil qilingan» degan mish-mishni tarqatgan kimsalarni qattiq qoraladi.

«Biz COVID-19 sun’iy yaratilgan degan fitnani qoralash uchun birlashdik. Bir qancha mamlakat olimlari kasallik qo‘zg‘atuvchisi, o‘tkir og‘ir respiratorli koronavirus sindromi 2 (SARS-CoV-2) genomini tahlil qilishdi va chop etishdi. Ularning aksariyati koronavirus boshqa ko‘pgina patogenlar singari tabiatda kelib chiqqan, degan xulosaga kelishdi», — deyiladi «Lancet» tibbiy jurnalida chop etilgan mutaxassislar murojaatida.

Murojaatnoma to‘qqiz mamlakat ilmiy tashkilotlarida tibbiyot sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi 27 nafar mashhur olim tomonidan imzolandi: AQSH, Germaniya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Malayziya, Italiya, Avstraliya va Xitoy. Jumladan, Britaniyaning tibbiy-biologik tadqiqotlarni moliyalashtiruvchi «Wellcome Trust» xayriya jamg‘armasi direktori Jeremi Farrar, AQSH yuqumli kasalliklar milliy markazi sobiq direktori Jim Xyuz, AQSH Milliy ilm jamg‘armasi sobiq rahbari Rita Koluell ham o‘z imzolarini chekishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus sun’iy yaratilgan: bu fitnami yoki haqiqat?