19:30 / 20.02.2020
2 471

Avstraliyada yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi

Avstraliyada yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Foto: thenewdaily.com.au
Avstraliyaning Viktoriya shtatida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi, deb xabar berdi 7News telekanali.
Hodisa Melburndan 45 kilometr uzoqlikda joylashgan Uollan temir yo‘l stansiyasida yuz bergan.

Telekanalning xabar berishicha, poyezdda 200ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan. Voqea joyiga tezkor yordam xizmatlari jo‘natilgan. Melburn va Sidney o‘rtasidagi poyezdlar qatnovi to‘xtatilgan.
Mahalliy OAVning ma’lumotiga ko‘ra, ko‘plab kishilar qurbon bo‘lgan va jarohatlangan bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstraliyada yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi