06:00 / 21.02.2020
3 442

Shahzoda Harri va Megan Markl qirollik oilasini mart oxirida tark etadi

Shahzoda Harri va Megan Markl qirollik oilasini mart oxirida tark etadi
Foto: Getty Images
Bu haqda The Daily Mail nashri xabar berdi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, juftlik qirollik oilasini 31 mart kuni rasman tark etadi. O‘z navbatida Bukingem saroyida ularga xizmat ko‘rsatuvchi odamlar 1 apreldan o‘z majburiyatlarini bajarishni to‘xtatadilar.

Bungacha esa shahzoda rafiqasi bilan birga bir qator tadbirlarda ishtirok etadi.
Ta’kidlanishicha, shahzoda kirollik oilasini tark etgach, bir qator harbiy unvonlarini saqlab qoladi. Biroq u 12 oylik sinov davri davomida o‘z harbiy mavqeidan foydalana olmaydi.

Avvalroq Harri va Megan Markl kirollik oilasi bilan kelishuvga erishgani va qirollik majburiyatlarini boshqa bajarmasliklari va o‘z unvonlaridan mahrum bo‘lishlari ma’lum qilingandi.

Juftlik, shuningdek, Britaniya budjetidan uyi ta’miriga ishlatilgan 2,4 mln funt sterlingni (3,1 mln dollar) qaytarib beradi va davlatning moliyaviy ko‘magidan voz kechadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shahzoda Harri va Megan Markl qirollik oilasini mart oxirida tark etadi