22:27 / 21.02.2020
3 889

Moskvadagi metro bekati oldida bolasini tashlab ketgan o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi

Moskvadagi metro bekati oldida bolasini tashlab ketgan o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi
Maftuna Karimova
Foto: Telekanal 360/Youtube

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi mamlakat fuqarosi M.K. qo‘lga olingani to‘g‘risida OAVda tarqalgan xabarlarni tasdiqladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
U farzandini Moskva shahri metrosi bekatlaridan biri yaqinida qoldirib ketgan edi. Hozirgi paytda tergov tadbirlari o‘tkazilmoqda.

«Elchixona mazkur vaziyatni 2020 yil 14 fevraldan buyon nazoratiga olgan hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan aloqa o‘rnatgan. Bola shahar kasalxonasida shifokorlar va mutaxassislar nazoratida, uning hayotiga hech narsa tahdid solmayapti», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 10 fevral, dushanba kuni, Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi «Sovplastital» korxonasi binosi orqasida, Bunyodkor ko‘chasi bo‘ylab oqib o‘tadigan kanaldan beliga tosh boylab tashlab ketilgan chaqaloq topilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvadagi metro bekati oldida bolasini tashlab ketgan o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi