06:00 / 25.02.2020
5 024

Xitoyda aholining yovvoyi hayvonlar go‘shtini yeyish odatiga chek qo‘yishmoqchi

Xitoyda aholining yovvoyi hayvonlar go‘shtini yeyish odatiga chek qo‘yishmoqchi
Foto: AP
Xitoyning xalq vakillari yig‘ini doimiy qo‘mitasi yangi turdagi koronavirus epidemiyasi ortida yovvoyi hayvonlarning noqonuniy savdosini taqiqlash va aholini bunday hayvonlarning go‘shtini yeyish odatiga chek qo‘yish zarurligi haqidagi qaror qabul qildi.

Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar berdi. Ta’kidlanishicha, 24 fevralda qo‘mita ovoz berish yo‘li bilan “yovvoyi hayvonlarni noqonuniy sotishni to‘liq taqiqlash, yovvoyi hayvonlar go‘shtini yeyish kabi illatni yo‘q qilish hamda aholi hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligining samarali himoyasini ta’minlashga” qaror qilgan.

Ma’lum qilinishicha, ushbu qaror e’lon qilingandan keyin kuchga kiradi.
Avvalroq Xitoyning kasalliklar profilaktikasi va nazorati milliy markazi olimlari yangi turdagi koronavirusning ehtimoliy manbasi Uxandagi dengiz mahsulotlari bozorida sotilgan yovvoyi hayvonlar bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilishgandi.

O‘z navbatida Xitoy Fanlar akademiyasi olimlarining ta’kidlashicha, koronavirusning odamdan odamga yuqishi 2019 yil noyabri yoki dekabri boshida boshlangan, so‘ngra Uxandagi bozorga tushgan.
Ayni vaqtda Xitoyda koronavirusdan kasallanganlar soni 77 mingdan oshib ketdi, undan 2592 kishi vafot etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda aholining yovvoyi hayvonlar go‘shtini yeyish odatiga chek qo‘yishmoqchi