06:30 / 25.02.2020
2 921

Trampga 2018 yilda berilgan sovg‘alar ro‘yxati e’lon qilindi

Trampga 2018 yilda berilgan sovg‘alar ro‘yxati e’lon qilindi
Foto: Reuters
AQSH federal reyestri prezident Donald Trampning 2018 yilda olgan sovg‘alari ro‘yxatini e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donald Trampga Rossiyada o‘tkazilgan jahon chempionatiga atab chiqarilgan 12 dona kumush tangadan iborat to‘plamni sovg‘a qilgan, uning qiymati 1500 dollar deb baholangan.

Sovg‘a an’anaga ko‘ra Milliy arxiv va hujjatlar boshqarmasiga topshirilgan. Sovg‘a qabul qilinishiga sabab sifatida "Uni qabul qilmaslik sovg‘a beruvchini ham, AQSH hukumatini ham noqulay ahvolga solib qo‘ygan bo‘lardi" deb ko‘rsatilgan.

Narxi 23,5 ming dollar bo‘lgan eng qimmat sovg‘a Qatar amiri Tamim bin Hamad Ali Taniu tomonidan Melanya Trampga berilgan. Hadya Nimfenburg (Germaniya) chinnisidan tayyorlangan olti dona likopdan tashkil topgan.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Trampga narxi 8 ming 275 dollar turuvchi Louis Vuitton golf sumkasini, Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo bahosi 470 dollar bo‘lgan oq marmardan tayyorlangan beluxa kiti haykalchasini tuhfa qilgan.

AQSHning birinchi xonimiga ham ko‘plab sovg‘alar taqdim etilgan: Fransiyaning birinchi xonimi Bridjit Makrondan Givenchy katmoni (850 dollar), Misr prezidenti Abdul Fattoh al-Sisiydan Shosha Kamal dizaynerlik uyining kursisi (10 ming dollar), Livanning AQSHdagi elchisi Gabriel Issadan 450 dollarlik tunika.

Eng arzon sovg‘alar narxi 450 dollar bo‘lib, Davos meri sovg‘a qilgan golf chavgoni va Nigeriya prezidenti Muhammadu Buxoriy tuhfa etgan dasturxon ana shu narxga baholangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Trampga 2018 yilda berilgan sovg‘alar ro‘yxati e’lon qilindi