18:27 / 25.02.2020
3 537

Fransiyada koronavirusga chalingan bemorlar davolanishga muvaffaq bo‘ldi

Fransiyada koronavirusga chalingan bemorlar davolanishga muvaffaq bo‘ldi
Foto: Vox
Fransiya sog‘liqni saqlash vaziri Olive Veran koronavirus tashxisi qo‘yilgan bemorlar davolanishga muvaffaq bo‘lganini ma’lum qildi, deb xabar beradi «RIA Novosti»ga tayanib Daryo.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, Fransiyada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 12 ta holat aniqlangan, bir bemor vafot etgan.

«Fransiya hududida koronavirusga chalingan boshqa odam yo‘q. Virus endi tarqalmayapti. Lionda shifoxonaga olib kelingan so‘nggi bemor ham davolanib bo‘ldi. U endi xavf tug‘dirmagani sabab uyiga qaytdi», — deydi Veran.

Avvalroq Fransiyada xitoylik 80 yoshli sayyoh olamdan o‘tgani haqida xabar berilgandi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda o‘tgan bir sutka davomida COVID-19 koronavirusi oqibatida vafot etganlar 71 kishini tashkil etib, jami vafot etganlar esa 2663 kishiga yetgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiyada koronavirusga chalingan bemorlar davolanishga muvaffaq bo‘ldi