Foto: The Iran Project
Eron sog‘liqni saqlash va tibbiy ta’lim vaziri o‘rinbosari Iroj Xarirchining koronavirusga topshirgan testi ijobiy natija berdi. Bu haqda amaldorning o‘zi seshanba kuni ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «TASS»ga tayanib Daryo.
«Menda koronavirus aniqlanganini ma’lum qilmoqchiman. Kechadan buyon isitmam chiqayotgan edi, dastlabki tahlil menda virus borligini ko‘rsatdi», — deya vazir o‘rinbosarining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda ILNA agentligi. «Dushanbadan boshlab men o‘zimni o‘zim izolyatsiya qildim», — deya qo‘shimcha qildi u.
Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, «Eron kelgusi bir necha hafta ichida virus ustidan muqarrar g‘alabaga erishadi». «Mening ahvolim yomon emas, hammasi yaxshi. Faqat isitma bor», — dedi u.
Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi 19 fevral, chorshanba kuni, mamlakatda koronavirus bilan kasallanishning ilk holatlari aniqlanganini ma’lum qilgan edi. Bemorlar Qum shahrida aniqlangan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgacha Eronda 95 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan, ulardan 15 nafari vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»