18:22 / 26.02.2020
5 408

Xabarovskda 1943 yilda bedarak yo‘qolgan namanganlik askarning xati topildi

Xabarovskda 1943 yilda bedarak yo‘qolgan namanganlik askarning xati topildi
Xabarovskda o‘zbekistonlik harbiyning xatlari topildi. U 1943 yilda bedarak yo‘qolgan. Xatlar Rakitniy qishlog‘ida topildi. O‘zbekistonlik harbiy Igor Astashin onasiga xat yozgan. Arxivlarni o‘rganish jarayonida Astashin 1943 yilda yo‘qolgani ma’lum bo‘ldi. O‘sha paytda u 20 yoshda bo‘lgan.

Xatlar Uzoq sharq ilmiy kutubxonasiga qayta tiklash uchun yuborilgan. Xabarovskdagi o‘zbek diasporasi vakillari Namangan viloyatidagi rus maktabga murojaat qilishgan. Xatlarda aynan shu manzil ko‘rsatilgan. Harbiyning onasi o‘sha maktabda direktor bo‘lib ishlagani ma’lum bo‘ldi. Lekin ayol pensiyaga chiqqandan so‘ng yo‘qolib qolgan. Hozirda o‘zbekistonlik vakillar harbiyning qarindoshlarini izlashmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xabarovskda 1943 yilda bedarak yo‘qolgan namanganlik askarning xati topildi