07:30 / 28.02.2020
4 820

Beren Saat tug'ilgan kunidagi qiziqarli holatlarni bo'lishdi

Beren Saat tug'ilgan kunidagi  qiziqarli holatlarni bo'lishdi
Son Güncelleme: 26.02.2020
Taniqli turk aktrisasi Beren Saat o‘zining tug‘ilgan kuni oldidan Instagram sahifasida qiziqarli post qoldirdi. 1984 yil 26 fevralda tug‘ilgan va 36 yoshga kirgan Beren Saat o‘zi tasvirga tushgan teleseriallardagi sahna va uning ortidagi tasvirini baham ko‘rish bilan o‘tgan yilgi voqealarni sarhisob qildi.

"Qanday yil edi-ya! Hozirgacha eslasam titrab ketaman... Siz "yangi yulduz” yoki kun bo‘yi tushlarni ko‘rgan odamdek xayollar og‘ushida yurasiz va sizda bu borada hech qanday muammo bo‘lmaydi. Men o‘zimni o‘lib, ko‘milgan kabi his qilardim, chindan ham chuqur bir g‘orga kirdim va ongimda qo‘shiqlar yaratishni boshladim.

Men rasm chizdim, uni bo‘yab ko‘rdim, pianino chaldim. Men aqldan ozish kabi narsa yo‘qligini tan oldim, lekin agar tushunishga harakat qilsangiz, ichingizda boshqa olamlar ham bor. Endi hayot qatlamlari ko‘proq ma’noga egadek ko‘rina boshladi. Bo‘shliqda o‘zingizni yolg‘iz holda tasavvur etib ko‘ringchi? Qay ahvolga tushdingiz? Men esa hozir bunga tayyorman. “Qanday tug‘ilgan kun”!"

Saatning ushbu postida uning izdoshlaridan ko‘plab sharhlar va yoqtirishlar qoldirilgan. Chiroyli aktrisaning hayot falsafasini baham ko‘rishi- uning izdoshlari o‘rtasida bahs mavzusiga aylandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Beren Saat tug'ilgan kunidagi qiziqarli holatlarni bo'lishdi