10:33 / 27.02.2020
4 508

Tramp uni o‘pgan isitmasi bor odamga qanday javob qaytardi?

Tramp uni o‘pgan isitmasi bor odamga qanday javob qaytardi?
Foto: «Blog.sololaki.ru»
AQSH prezidenti Donald Tramp koronavirusni yuqtirib olmaslik uchun hamma narsani ushlayvermaslik va qo‘lni yuvishni maslahat berdi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qildi.

«Ehtimol, eshitgandirsiz, men ko‘pincha shunday yo‘l tutaman. Lekin siz ham qo‘l yuvishingiz, tozalikka rioya etishingiz kerak. Agar bunga zarurat bo‘lmasa, har qanday tutqichni ham ushlab ko‘raverish shart emas. Ya’ni shamollashda amal qilish kerak bo‘lgan ba’zi amallar bor», — deydi u jurnalistlarga.

Tramp o‘tgan hafta ancha vaqtdan beri ko‘rishmagan bir odam yoniga kelganini so‘zlab berdi.
«U meni quchoqlab, o‘pdi. «Yaxshimisiz?» deb xoh-ahvol so‘raganimda, «Yo‘q. Kuchli shamollash va isitma bor», dedi. Shunga qaramay, u meni quchoqlab, o‘pyapti. Men uzrimni so‘radim-da, qo‘limni yuvganiga chiqdim», — deydi Tramp.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp uni o‘pgan isitmasi bor odamga qanday javob qaytardi?