13:16 / 27.02.2020
3 689

Koronavirus Yevropada tarqalmoqda - Daniya, Ruminiya, Finlandiya, Estoniyada ilk holatlar qayd etildi

Koronavirus Yevropada tarqalmoqda - Daniya, Ruminiya, Finlandiya, Estoniyada ilk holatlar qayd etildi
Daniyada Shimoliy Italiyadan qaytgan fuqaro koronavirus yuqtirib olgani aniqlandi. Bu haqda Reuters Daniya sog‘liqni saqlash organlariga tayanib xabar berdi.
Virus aniqlangandan so‘ng bemor izolyatsiya qilingan.

Ruminiya Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh kotibi Xoratsiu Moldovanning ma’lumot berishicha, mamlakatda koronavirus yuqtirib olgan birinchi bemor ro‘yxatga olindi. Bu haqda RIA novosti xabar berdi.
Bosh kotibning aytishicha, bemor 18-22 fevral kunlari Italiyada bo‘lgan.

Finlandiyada ham Milandan qaytgan fuqaro koronavirus yuqtirib olgani aniqlandi. Bu haqda Finlandiya sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya milliy instituti xabar berdi.
«Bemorga koronavirus Shimoliy Italiyada yuqqan. U Xelsinki universiteti kasalxonasida yotibdi», — deyiladi bayonotda.

Gruziya sog‘liqni saqlash vaziri Yekaterina Tikaradzening ma’lum qilishicha, mamlakatda ilk koronavirusga chalingan bemor aniqlandi.
Vazirning aytishicha, bemor 25 fevral kuni Ozarbayjon orqali Erondan kelgan.

Estoniyada ham koronavirus yuqtirish bo‘yicha ilk holat aniqlandi. Estoniya ijtimoiy ishlar vaziri Tanel Kiykning aytishicha, mamlakatda doimiy yashovchi, lekin hali fuqaroligi bo‘lmagan shaxs koronavirusni yuqtirib olgan.
Bemor 26 fevral kuni Erondan Estoniyaga qaytgan.

Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus Yevropada tarqalmoqda - Daniya, Ruminiya, Finlandiya, Estoniyada ilk holatlar qayd etildi