22:18 / 27.02.2020
3 933

Putin haqiqiy ekani va hech qanday qiyofadoshi yo‘qligini ma’lum qildi

Putin haqiqiy ekani va hech qanday qiyofadoshi yo‘qligini ma’lum qildi
Foto: «RBK»
Vladimir Putin «TASS»ga bergan intervyusida qiyofadoshi yo‘qligini, o‘zi esa haqiqiy ekanini ma’lum qildi.
Suhbat chog‘ida jurnalist prezidentga Putin familiyasi bilan bog‘liq, shu jumladan, «Putin qiyofadoshi, isbot» kabi mashhur internet qidiruvlarni ko‘rsatgan.

Prezidentning aytishicha, qiyofadoshlar mavzusi 2000 yillar boshida paydo bo‘lgani, lekin u dublyorlardan voz kechganini aytgan.
Shunday qilib Vladimir Putin uning «Udmurt», «Banketniy» yoki «Govorun» ismli qiyofadoshlari borligi haqidagi taxminlarga qisman munosabat bildirgan. «Men qiyofadoshlardan voz kechdim. Bu terrorizmga qarshi kurashning eng qiyin paytlarida edi», deb aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin haqiqiy ekani va hech qanday qiyofadoshi yo‘qligini ma’lum qildi