10:05 / 28.02.2020
3 453

Eron vitse-prezidenti ham koronavirusga yo‘liqdi

Eron vitse-prezidenti ham koronavirusga yo‘liqdi
Foto: EPA
Eronning oila va ayollar masalalari bo‘yicha vitse-prezidenti Ma’suma Ebtekarda koronavirus uchun o‘tkazilgan test ijobiy natija ko‘rsatdi. Bu haqda IRNA agentligi xabar bergan.

Ta’kidlanishicha, Ebtekar ko‘rikdan chorshanba kuni o‘tgan, ularning natijasi payshanba kuni ertalab olingan. Shundan so‘ng, u uy karantinida qolishga qaror qilgan.

Avvalroq, parlamentning Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Mujtob Zunnur, deputat Mahmud Sodiqiy va Eron sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Iroj Xarirchi ham koronavirus bilan kasallangandi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda koronavirusni yuqtirish holatlari soni 245 tani tashkil etadi, shundan kamida 26ta o‘lim qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron vitse-prezidenti ham koronavirusga yo‘liqdi