Foto: Reuters
Hongkong hukumati aholini moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida fuqarolarga 10 ming Hongkong dollaridan to‘lashga qaror qildi.
Joriy yil budjeti doirasida Hongkongning 18 yoshdan katta 7 mlnga yaqin doimiy rezidenti 10 ming Hongkong dollari (1,3 ming dollar) miqdorida bir martalik moddiy yordam oladi.
Ta’kidlab o‘tish joiz, Hongkongda bir necha oydan beri tinmayotgan noroziliklar va koronavirus tarqalishi mahalliy iqtisodiyotga jiddiy zarba berdi.
Shaharda koronavirusdan kasallanish bo‘yicha 81 ta holat qayd qilingan, 2 kishi undan vafot etgan.
“Hongkong iqtisodiyotiga joriy yilda ulkan sinov tashlandi. Men masalani yaxshilab o‘rganib chiqib, 18 yoshdan katta bo‘lgan doimiy rezidentlarga ularni qo‘llab-quvvatlash va yordam berish maqsadida 10 ming Hongkong dollaridan ajratishga qaror qildim”, deb aytgan Hongkong moliya vaziri Pol Chan.
Ushbu to‘lovlar aholining yaqin yillarda moddiy holatini yaxshilash va Hongkong iqtisodiyotini jonlantirishga qaratilgan choralarning bir qismi bo‘ladi. Bu choralarni amalga oshirish uchun budjetdan 120 mlrd Hongkong dollari (2,5 mlrd dollar) ajratiladi. 2020-2021 yillarda ko‘riladigan choralar orasida davlat turarjoyi uchun ijara haqi, soliqlarning pasaytirilishi, biznesni bepul ro‘yxatdan o‘tkazish va boshqalar bor.
Avvalroq hukumat iqtisodiyotning koronavirusdan eng kuchli jabr ko‘rgan tarmoqlariga, jumladan xizmatlar ko‘rsatish tarmog‘iga moliyaviy yordam ko‘rsatilishini e’lon qilgan.
Bundan tashqari, Hongkong iqtisodiyotiga siyosiy barqarorsizlik ham jiddiy putur yetkazdi. Oxirgi haftalarda koronavirusning yanada kuchliroq tarqalishi xavfi esa iqtisodiy faollik va jamiyat hayoti sur’atlarini pasaytirib yubordi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?