Leonid Mixelson va Vagit Alekperov Foto: Andrey Yepixin / TASS
Ma’lum qilinishicha, Vladimir Potanin 1,4 mlrd dollar yo‘qotgan, ayni vaqtda uning aktivlari 26 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Bunga unga tegishli kompaniya aksiyalarining 6 foizga arzonlashib ketgani sabab bo‘lgan.
Vagit Alekperov esa yanada ko‘proq yo‘qotgan: 1,6 mlrd dollar. Uning boyligi 23,2 mlrd dollargacha kamaygan.
Rossiyaning uchinchi raqamli boy kishisi, NOVATEK kompaniyasi boshqaruv raisi Leonid Mixelson 1,2 mlrd dollar yo‘qotgan. Kompaniya aksiyalari 9,8 foizga arzonlashib ketgan. Buning oqibatida Mixelsonning aktivlari qiymati 22,5 mlrd dollargacha qisqargan.
Novolipetsk metallurgiya kombinati egasi Vladimir Lisin 910 mln dollar yo‘qotgan. Uning umumiy boyligi endi 21,3 mlrd dollarga baholanmoqda.
“Severstal” egasi Aleksey Mordashov aktivlari 948 mln dollarga kamayib, 19,9 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Uning kompaniyasi aksiyalari 9,7 foizga arzonlashib ketgan.
Milliarderlar ularga tegishli kompaniyalar aksiyalari arzonlashishi oqibatida pul yo‘qotmoqdalar. Xususan, “Nornikel” aksiyalari deyarli 5 foizga, “LUKOYL”niki 5 foizga, NOVATEKniki 3 foizga qadrsizlangan. Aksiyalar narxi pasayishi sarmoyachilarning koronavirus epidemiyasidan xavotirlanayotganlari ortida yuz bermoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi