06:30 / 29.02.2020
3 617

Erdo‘g‘an Moskvaga boradi

Erdo‘g‘an Moskvaga boradi
Foto: Mikhail Klimentyev / REUTERS
Kreml Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an uchrashuvini tashkillashtirish ustida ish olib bormoqda, deb ma’lum qildi Rossiya rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat yetakchilari uchrashuvi 5 yoki 6 mart kuni Moskvada o‘tkaziladi.
Avvalroq Putin va Erdo‘g‘an yuzma-yuz uchrashishga kelishib olgani xabar qilingandi.

5 mart kuni Istanbulda Erdo‘g‘an, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Angela Merkel o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Suriyaning Idlib provinsiyasida jiddiy eskalatsiya yuzaga kelgan: payshanba kuni kechqurungi havo hujumi oqibatida Turkiya armiyasining kamida 33 nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi. Turkiya tomoni havo zarbalari «Suriya rejimi» harbiy-havo kuchlari tomonidan yo‘llanganini ma’lum qilgan. Suriyaning bosh ittifoqchisi Rossiya hujum nishoniga tushib qolgan turkiyalik harbiylar «terrorchilar orasida bo‘lgani»ni ma’lum qilgan. Turkiya buni inkor etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘an Moskvaga boradi