12:13 / 29.02.2020
2 865

Qozog‘iston poytaxtida barcha o‘quvchilar endi avtobusda bepul yurishadi

Qozog‘iston poytaxtida barcha o‘quvchilar endi avtobusda bepul yurishadi
Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida voyaga yetmagan bolalar uchun shahar ichidagi avtobus yo‘nalishlarida bepul yurish imkoniyati berildi. Bu haqda Kazinform xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 28 martdan e’tiboran voyaga yetmagan barcha bolalar shahar ichidagi jamoat transportida bepul yuradi.
«28 martdan e’tiboran kamolot yoshiga yetmagan barcha bolalar shahar ichidagi jamoat transportida bepul yurishadi. Shunday qarorga keldik», - dedi kompaniya boshqaruv raisi Bekmirza Igenberdinov.

Ta’kidlanishicha, ayni paytda shahar jamoat transportida har kuni 130 ming nafar o‘quvchi maktabga boradi.
Yo‘lovchi tashuvchi korxonalar uchun bu imtiyoz o‘rta hisobda bir oyda 30 million tenge zarar keltirishi mumkin. Shuningdek, ularga buning uchun subsidiya ajratilmaydi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston poytaxtida barcha o‘quvchilar endi avtobusda bepul yurishadi