13:35 / 29.02.2020
4 489

«Xayr, milliardlar!»: dunyoning boylari bir haftada $444 mlrd. yo‘qotdi

«Xayr, milliardlar!»: dunyoning boylari bir haftada $444 mlrd. yo‘qotdi
Eng boy insonlar bir kunda $139 mlrd. yo‘qotgani haqida xabar bergandik. «Bloomberg»ning navbatdagi xabariga ko‘ra, hafta davomida ana shu 500 nafar eng boy inson jami 444 milliard dollar zarar ko‘rdi.

Xitoydan tarqagan koronavirus global miqyosda iqtisodiy tanglikni keltirib chiqarmoqda, xususan, fond bozorlaridagi qulash ham shuning oqibati.

Moliyaviy tahlillar kimlar eng ko‘p yo‘qotishga uchraganini ko‘rsatdi, bular: Jeff Bezos («Amazon»), Bill Geyts («Microsoft») va Bernar Arno («LouisVuittonMoetHennessy»). Bular birgalikda 30 mlrd. dollar yo‘qotdi, eng katta zarar Bezosda — 12 mlrd. dollar.

Elon Mask («Tesla») ham koronavirusdan aziyat chekdi — uning boyligi bir haftada 9 milliardga kamaydi.
Haftaning eng omadsiz milliarderlari (top-10)


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Xayr, milliardlar!»: dunyoning boylari bir haftada $444 mlrd. yo‘qotdi