09:20 / 01.03.2020
3 193

Luksemburg jamoat transporti bepul bo‘lgan dunyodagi birinchi mamlakatga aylandi

Luksemburg jamoat transporti bepul bo‘lgan dunyodagi birinchi mamlakatga aylandi
Foto: Archives RTL
Luksemburgda 2020 yil 1 martdan avtobus, poyezd yoki tramvayda yurish bepul bo‘ladi. Bu haqda 5minutes portali xabar berdi.
Yangilik birinchi toifadagi poyezdlarga joriy etilmaydi. Luksemburg jamoat transportida yurishni bepul qilgan birinchi davlatga aylandi.

Jamoat transportini bepul qilishga mamlakatdagi tiqilinchlar majbur qildi. Luksemburg aholisi atigi 613 ming kishidan ortiqroqni tashkil etadi, ammo har kuni Germaniya, Fransiya va Belgiya fuqarolari mamlakatga ishlash uchun keladi.
Hukumatning hisob-kitobiga ko‘ra, transportda yurishni bepul qilish mamlakatga yiliga 41 million yevroga tushadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Luksemburg jamoat transporti bepul bo‘lgan dunyodagi birinchi mamlakatga aylandi