21:00 / 01.03.2020
3 960

Idlibda urush tarafdori bo‘lgan Sergey Lavrov

Idlibda urush tarafdori bo‘lgan Sergey Lavrov
Foto: Google Photos
Erdo‘g‘on e’lon qilgan muddat tugashiga uch kun ham qolmadi. Asosiy jangga yaqin qoldi, deb yozadi The Rai Al Youm nashri.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Suriya armiyasini Idlib viloyatidan olib chiqib ketilishi uchun bergan muddat tugab bormoqda.

Aftidan, Bashar Asadning qurolli kuchlari bu po‘pisa va Turkiya harbiy kuchlarining safarbar qilinganiga yetalicha e’tibor bermayotganidan darak. Boz ustiga, ular Idlib taraf ilgarilab borishda davom etmoqda.

Shu kungacha Rossiya va Turkiya o‘rtasida Moskva va Anqarada besh marotaba uchrashuv bo‘lib o‘tdi, ko‘rinib turibdiki, tomonlar harbiy to‘qnashuvning oldini olsih borasida biror kelishuvga erisha olmadi. Buning ustiga, Erdo‘g‘on 5 mart kuni Istanbulda Fransiya, Germaniya ishtirokida o‘tkaziladigan uchrashuvga Putinning roziligini ololgani yo‘q. Kreml matbuot kotibi Peskovning aytishicha, Putin barcha qurolli terrorchi guruhlarning «qurolsizlantirilishini» talab qilmoqda.

Sobiq Suriya generali Ahmad Rihalning ta’kidlashicha, Moskvadagi muzokaralarda Turkiya kamsitilgan va g‘azablantirilgan. General tafsilotlarga to‘xtalmagan bo‘lsa-da, rus tarafi 2018 yilda Sochi bitimi doirasida imzolangan shartnomalarga Turkiya amal qilmayotganini tanqid qilgan. Bitimga muvofiq, Turkiya muxolifatchilarni terrorchilardan ajratishi kerak edi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Jenevada BMTning inson huquqlari kengashida chiqishida diplomatik ohangda gapirmadi. U Moskvaning Idlibda Suriya armiyasini qo‘llamaslik taklifini rad etdi, uning fikricha, bunday harakatlar inson huquqlariga zid hamda terrorchilarga mag‘lublikdir. Turkiyaga yon berishni istamasdan, bu qadar agressiv chiqish qilishdan maqsad nima bo‘lishi mumkin? Erdo‘g‘on oldida ikki yo‘l bor:

- turk armiyasiga Idlibga hujum qilib, «Hay’at Tahrir ash-Shom» terrorchi tashkiloti boshchiligidagi guruhlarni yo‘q qilish. Shunda Sochi bitimlarini bajargan bo‘ladi;

- Suriya armiyasiga hujum qilish va bu bilan Idlib atrofidagi 18 tadan kam bo‘lmagan turk nazorat punktlaridagi askarlar hayotini xavf ostida qoldirish. Bu esa jamoatchiligida Suriya va Liviyadagi jang maydonlarida turk askarlarining halok bo‘lishi ortidan norozilik kelirib chiqishiga sabab bo‘ladi.

Erdo‘g‘on sobiq prezident, do‘sti Abdulloh Gulning maslahatiga quloq ham solib o‘tirmasa kerak. Abdulloh Gul nazarida, siyosiy islom mag‘lubiyatga uchradi, Turkiya esa Suriya nizosiga aralashmagani ma’qul. Lekin Erdo‘g‘on to‘qnashuv tarafdori ko‘rinadi.

Rossiya Suriyada yuzlab askar va milliardlab dollarlaridan mahrum bo‘ldi. Kreml Suriyada qo‘lga kiritgan g‘alabalaridan osonlikcha voz kechmasligi aniq. Voqealar qanday rivojlanadi, kuzatamiz.

Jahongir Ergashev tayyorladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Idlibda urush tarafdori bo‘lgan Sergey Lavrov