21:50 / 02.03.2020
4 431

Bishkekda miting: yuzga yaqin namoyishchi qo‘lga olindi (video)

Bishkekda miting: yuzga yaqin namoyishchi qo‘lga olindi (video)
Bugun Bishkekda mitingda qatnashgan yuzga yaqin kishi qo‘lga olindi, deb xabar qildi Sputnik.
Xabarda aytilishicha, Bishkek markazida sobiq deputat Sadir Japarovni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha miting o‘tkazildi, namoyishchilar uni ozod qilinishi talab qilishdi.

Soat 18:00 ga yaqin politsiya va namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi. Politsiya shovqinli granata, tutun shashka va vodometlarni qo‘lladi.
IIV matbuot kotibi Bakit Seyitovning so‘zlariga ko‘ra, yuzga yaqin namoyishchilar – sobiq deputat Japarov tarafdorlari qo‘lga olindi.

Miting tinch edi, biroq ayrimlarda boshqa rejalar bo‘lgan. Tashkilotchilar jamoat tartibi buzilmasligiga va’da berishgandi, ammo ular olomonga qarshi tura olmadilar va tartibni buzdilar. “Oq uy”ni egallash haqida gap-so‘zlar yangradi, namoyishchilar tosh otishdi, yo‘l qoidalarini buzishdi. Buning uchun tashkilotchi va provokatorlar javob beradi, bugun jabrlangan fuqarolarga yetkazilgan zararni qoplaydi”, - deb ta’kidladi IIV vakili.

Sobiq deputat Sadir Japarov 2017 yil martda qo‘lga olingan. Uni garovga olishda ayblashdi. Sud 2013 yil 7 oktabrda Qorako‘lda Japarov tomonidan o‘tkazilgan miting paytida, uning ishtirokchilari hukumatning Issiqko‘l viloyatidagi o‘sha paytdagi maxsus vakili Emil Kaptagayevni zo‘rlik bilan mashinaga solishgani tan oldi. Japarovga 11,5 yilga qattiq tartibli koloniya jazosi tayinlangan.

Милиция начала выдвигаться в сторону митингующих на площади Ала-Тоо. Напомним, что акция протеста организована сторонниками оппозиционного политика Садыра Жапарова, осужденного за захват заложников.

Опубликовано Sputnik Кыргызстан: Новости и события дня Понедельник, 2 марта 2020 г.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bishkekda miting: yuzga yaqin namoyishchi qo‘lga olindi (video)